Kollektor

QARAQALPAQ WİKİPEDİASININ' MAG'LIWMATI
Jump to navigation Jump to search

Kollektor (lot. collector — yigigich) — 1) elektr tok chastotasin mexanik o'zgartirgich; elektr mashina rotori (yaqori) bilan konstruktiv birlashtirilgan. Bir-biridan va rotor korpusidan elektr jihatdan izolyasiyalangan tok oʻtkazuvchi plastinkalardan iborat. Har qaysi plastina yakor chulgʻamining bir yoki bir necha oʻramlariga ulanadi. Rotor aylanganda K. plastinalari sirtida kontakt choʻtkalari birin-ketin sirpanib, chulgʻamni tashki elektr zanjiriga ulaydi; 2) tashqi elektr zanjiri bilan asbobning kollektorli zonasini bogʻlaydigan tranzistor elektrodi (tranzistor K.); 3) kanalizatsiya tarmogʻinit kanalizatsiya hovoʻzlaridan oqova suvlarini yigʻadigan qismi (quvur, hovoʻz). K. yigʻma elementlar (beton, temir-beton va keramik bloklar) dan quriladi; 4) aloqa kabeli (kabel K.) yoki vodoprovod, gaz va boshqa quvurlar yotqiziladigan (umumiy K.) yer osti galereyasi; 5) baʼzi texnik qurilmalarning nomi (mas, ichki yonuv dvigateli chiqarish K.i); 6) biror narsani yigʻuvchi va tarqatuvchi tashkilot yoki shaxs (mas, kutubxona K.i).

Siltewler[o'zgertiw | қайнарын өңдеу]