Kontentke ótiw

Paydalanıwshı:Usmonov Hasan

Wikipedia — erkin enciklopediya

Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrof­dagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga kelishi uchun shartdir.

Tafakkur jarayonida fikr paydo bo'ladi, bu fikrlar insonning ongida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq — til bilan chambarchas bog’langan. Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o'z atrofidagi olamda bo’lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi, ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi.

Sezgi va idroklarga, xotira va tasavvurlarga nisbatan tafakkur odam­larning bilish va amaliy faoliyatida alohida ahamiyatga ega.