Kontentke ótiw

Paydalanıwshı:Usmonov Hasan/qaralama

Wikipedia — erkin enciklopediya

dust haqida Yulg'unning o'ti bo'lmas,  Savdogarning — do'sti.

Yangining nodonligi bor,  Eskining — qadrdonligi.

Yaxshi do'st yuz qarindoshdan yaxshi.

Yaxshi do'sting kuldirar,  Yomon do'sting kuydirar.

Yaxshi ko'rgan do'stingga  Yaxshi ko'rgan molingni ber.

Yaxshi so'zla oshnoga,  Yuz o'girgin ro'shnoga.

O'pka, yurak go'sht emas,  Hisoblashgan do'st emas.

O'rtada burun bo'lmasa,  Ko'z ko'zni o'yar.

O'rtog'ing boyo'g'li bo'lsa,  Turishing — vayrona.

O'tni kovlasang, o'char,  Do'stni kavlasang, kechar.

Qadim do'stlik zanglamas.

Qaytib kelgan qiz yomon,  Qaytalab kelgan yov yomon.

Qarz bersang, do'st ko'payar,  Talab qilsang — dushman.

Qirda bo'ri yo'q emas,  Orada dushman yo'q emas.

Qovunni dushmaningga kestir,  Go'shtni — do'stingga.

Qorin go'sht bo'lmas,  Sipohi — do'st.

Quyosh havoni isitar,  Do'st — qalbni.

G'amingni do'stingga aytma, kuyunadi,  Dushmaningga aytma, suyunadi.

Har kimni do'stim dema,  Tandagi po'stim dema.