Selena Gomez

Wikipedia, erkin enciklopediya
[[Fayl:Selena Gomez at White House.jpg|280px|súwret]]
Tuwılǵan sánesi 22-iyul 1992(1992-07-22) (31 jasta)
Selena Marie Gomez
Tiykarǵı maǵlıwmatlar
Tolıq atı Selena Marie Gomez
Qosıq túri Pop
Belsendi jıllar 2002-present

Selena Marie Gomez (22-iyul, 1992)[1] amerikalik aktrisa va musiqachidir. Gomez debut roli Barney & Friends serialidagi Gianna roli boʻldi (2002—2004). Bundan keyin Gomez Spy Kids 3-D: Game Over]] (2003) va Walker, Texas Ranger: Trial by Fire (2005) kabi filmlarda kameo rollarni ijro etdi. 2006-yilda Gomez Disney Channel'ning The Suite Life of Zack & Cody va Hannah Montana seriallarida mehmon yulduz sifatida qatnashdi. Gomez bundan keyin Disney Channel'ning Wizards of Waverly Place serialida suratga tushdi. Teleserial tanqidiy va tijoriy muvaffaqiyat boʻlib, Gomez'ga qator mukofot va nomzodliklarni keltirdi. Gomez keyin Jonas Brothers: Living the Dream (2008) va Disney Channel Games (2008) va boshqa qator Disney serial va filmlarida suratga tushdi. 2009-yilda Gomez Princess Protection Program va Wizards of Waverly Place: The Movie filmlarida rollar oʻyna, Selena Gomez & the Scene guruhi tarkibida Kiss & Tell studiya albomini chiqardi. Albom tijoriy muvaffaqiyat boʻlib, Billboard oʻnligiga kirdi.

Bundan keyin Gomez birinchi marta Disney'dan tashqari Ramona and Beezus filmida suratga tushdi. 2010-yili Selena Gomez & the Scene ikkinchi, A Year Without Rain albomini chiqardi. Albom Billboard beshligiga kirib, ichidagi ikkita singl Top 40 chartga chiqdi. 2011-yilda Gomez pop-musiqachi Justin Bieber bilan munosabatda ekanligi tasdiqlangach, yana omma eʼtiboriga tushdi. Juft media tomonidan "Jelena" deb ataldi. Gomez oʻsha yili Monte Carlo (2011) va The Muppets (2011) filmlarida ijro etdi. 2011-yilda Selena Gomez & the Scene uchinchi, When the Sun Goes Down albomini chiqardi. Albomdagi "Love You Like a Love Song" singli hit boʻlib, unga RIAA tomonidan 4× platina unvoni berildi. Shu albomdan keyin Gomez musiqa taʼtiliga chiqishini va aktrisalikka berilishini eʼlon qildi. Keyin u Hotel Transylvania (2012) va Spring Breakers (2013) filmlarida rol oʻynadi, oxirgi filmda Gomez nisbatan ulgʻaygan ayolni tasvirladi.

Gomez musiqa taʼtilini 2012-yil oxirida yakunlabi, yangi, Stars Dance solo albomi ustida ish boshlaganini bildirdi. 2013-yil aprelida chiqqan "Come & Get It" singli Billboard Hot 100 chartining tepa oʻnligiga koʻtarilgan birinchi Selena Gomez ashulasi boʻldi va RIAA tomonidan ikki karra platinaga baholandi. Albomning ikkinchi singli, "Slow Down" 2013-yil iyunida chiqarildi. Butun albom iyulda chiqdi. Musiqa va kinodan tashqari, Gomez yana filantroplik bilan shugʻullanadi: u atrof-muhitni himoyalash xayriya tadbirlarida ishtirok etib turadi.[2]

Derekler[redaktorlaw | derekti jańalaw]

Wikimedia Commonsta
Selena Gomez boyınsha fayllar bar.
  1. „Selena GomezBiography“. The Biography Channel. Qaraldı: 12-aprel 2013-jıl.
  2. „Selena Gomez's Charity Work, Events and Causes“. Look to the Stars: The World of Celebrity Giving. Qaraldı: 12-aprel 2013-jıl.